“Real”ga o‘tgandan ko‘ra, kal bo‘lganim yaxshiroq!
Aslida “Barselona” akademiyasi tarbiyalanuvchisi bo‘lgan va ayni paytda “Chelsi”da o‘ynayotgan chap qanot himoyachisi Mark Kukurelya Ispaniya terma jamoasi kelgusi jahon chempionatida g‘alaba qozonsa, nimlarga tayyor ekani haqidagi savollarga javob berdi.
— Agar jahon chempionatida g‘alaba qozonsangiz sochingizni qirdirasizmi?
— Yo‘q, sochlarim men uchun muqaddas.
— Agar tanlashga to‘g‘ri kelsa: sochni qirdirish yoki Madriddning “Real” jamoasida o‘ynash? Qaysini tanlaysiz?
— Unda men sochlarimning hammasini tagibilan qirdirib tashlayman, — dedi Kukurelya Mundo Deportivo nashriga.
Antiq soch turmagi bilan ajralib turuvchi 27 yoshli futbolchi 2012 yildan 2020 yilgacha “Barselona” tizimida bo‘lgan, so‘ng “Xetafe”ga o‘tgan. Kukurelya 2022 yil yozidan beri “Chelsi”da o‘ynamoqda. 2024 yil yozida u Ispaniya terma jamoasi tarkibida Yevropa chempionligini qo‘lga kiritgan.
Fikrlar