Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

“Real”ga o‘tma, dahshatli maosh olasan!

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Pul ko‘p narsani hal qiladi

Bundesliga chempioni “Bavariya” rahbariyati fransiyalik legioner Maykl Oliseni jamoada saqlab qolishga qatʼiy qaror qilgan. Soʻnggi vaqtlarda futbolchi Madriddning “Real” klubiga oʻtishi haqida maʼlumotlar koʻpayib bormoqda.

Tarqalgan maʼlumotlarga koʻra, 24 yoshli futbolchi joriy transfer oynasida “Qirollik klubi”ga koʻchib oʻtishga intilyapti va bu haqida Fransiya milliy terma jamoasidagi sheriklariga ham aytib boʻlgan.

Shunga qaramay, “Bavariya” oʻz yulduzini sotish niyatida emas. Bild nashri maʼlum qilishicha, Myunxen klubi rahbariyati Olisega yillik maoshi 25 million evrodan ortiq boʻlgan yangi shartnoma taklif qilishni rejalashtirmoqda.

Bu esa fransiyalik futbolchini jamoadagi eng yuqori maosh oluvchi oʻyinchilardan biriga aylantiradi. Aynan mana shu omil Maykl Oliseni Myunxendan ketish fikridan qaytarishi mumkinligi aytilmoqda.

Transfermarkt portali Maykl Olisening bozor qiymatini 150 million evro deb baholamoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q