“Real”ga o‘tmasam bo‘lmaydi!
“Manchester Siti” klubi va Ispaniya milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Rodri Madriddning “Real” klubiga o‘tishdan manfaatdor. Bu haqida jurnalist Ramon Alvares ijtimoiy tarmoqlarda ma'lum qildi.
Manbaga ko‘ra, Rodri “Manchester Siti” bilan shartnomasini uzaytirishdan bosh tortmoqda. Uning amaldagi shartnomasi 2027 yil yozida yakunlanadi.
30 yoshli futbolchi Ispaniyaga qaytish va «Real» safida o‘ynashni istamoqda.
Ispaniyalik yarim himoyachi 2019 yildan buyon Manchester klubida to‘p surib kelmoqda. Shu vaqt mobaynida u barcha musobaqalarda 298 ta uchrashuv o‘tkazib, 28 ta gol urdi va 32 ta golli uzatma amalga oshirdi.
Avvalroq Sport.es nashri “Real” bosh murabbiyi Joze Mourinyo Rodrini jamoaga olib kelishni xohlayotgani, biroq “shaharliklar” transfer uchun talab qilayotgan 100 million yevro qimmat ekanini ta'kidlagani haqida xabar bergan edi.
Bundan tashqari, “Qirollik klubi” prezidenti Florentino Peres ham Rodrining transferini ma'qullamayapti.
Yakshanba kuni Ispaniya terma jamoasi Jahon chempionati finalida Argentinani 1:0 hisobida mag‘lub etdi. Rodri turnirning eng yaxshi futbolchisi, deb topildi. Shuningdek, Rodri jahon chempioni, Chempionlar ligasi g‘olibi va “Oltin to‘p” sohibi bo‘lgan tarixdagi 11-futbolchiga aylandi.
Transfermarkt portali futbolchining transfer qiymatini 50 million yevro deb baholamoqda.

Fikrlar