“Real”ga shu futbolchi kerak bo‘lsa, yuz million funt sanasin!

  • 30.03.2026 07:13
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Chelsi” yetakchisi Enzo Fernandez yozgi transferlar oynasi davrida jamoasini oʻzgartirishi juda koʻp muhokama qilinmoqda.

Sky Sports muxbiri Kaveh Solhekol “aristokratlar” argentinalik jahon chempionini “Real”ga qaysi summaga sotishga tayyorligiga aniqlik kiritdi.

- Agar “Real” kabi klub yozda Enzo Fernandez uchun 100 million funt sterlingdan ortiq taklif bersa, “Chelsi” bu masalani koʻrib chiqadi.  Menimcha, “Chelsi” uni mutlaqo daxlsiz, deb hisoblamaydi.

Enzo va uning agentlari “Real” yozda yangi yarim himoyachi sotib olishni xohlayotganini bilishadi, - dedi Kaveh Solhekol.

Enzo Fernandezning  “Chelsi” bilan shartnomasi 2032 yilning 30 iyungacha amal qiladi. Joriy mavsumda u barcha turnirlarda 46 ta oʻyin oʻtkazib, 12 ta gol urdi va 6 ta golli uzatma berdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!