Asosiy mazmunga oʻtish

“Real”ni emas, pulni tanlayman!

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Zo‘r taklif chiqib qoldi

“Chelsi”ga tegishli bo‘lgan darvozabon Kepa Arrisabalaga o‘tgan mavsumni ijara asosida “Real”da o‘tkazgan edi.

Madridliklar jamoani Andrey Lunin tark etish ehtimoli katta ekanini inobatga olib, Kepaga doimiy ish taklif qilishni va “Chelsi”dan to‘liq ko‘chirib kelishni rejalashtirgandi.

Marca nashrining ma’lum qilishicha, ispaniyalik darvozabon Madridga kelishga shoshilmayapti. Kepaga Saudiya Arabistonidan yaxshi variant chiqmoqda.

“Al-Ittihod” xo‘jayinlari taniqli darvozabonga mo‘may daromadli shartnoma taklif qilgan. Kepa uni qabul qilishga moyil bo‘lib turibdi.

Arrisabalaga o‘tgan mavsumda “Real” uchun 20 ta uchrashuvda maydonga tushib, 18 ta gol o‘tkazib yuborgandi. Kepa 8 ta uchrashuvda darvozasini daxlsiz saqlay olgan.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q