“Real”ning eng kam o‘ynagan yosh yulduzi jahon chempionatiga boradigan bo‘lyapti
Madridning “Real” klubi hujumchisi Gonsalo Garsiya Ispaniya terma jamoasining jahon chempionati uchun ehtimoliy nomzodlaridan biri sifatida ko‘rilmoqda, deb xabar bermoqda MadridXtra nashri.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, terma jamoa bosh murabbiyi Luis de la Fuente Portugaliya chempionatida o‘ynayotgan ispaniyalik hujumchi Samu Omorodion jarohatidan keyin klassik markaziy hujumchi izlamoqda.
Xabar qilinishicha, Garsiya hujum chizig‘ini kuchaytirish uchun ehtimoliy variantlardan biri sifatida ko‘rilmoqda. Futbolchi uchun jahon chempionati ro‘yxatiga kirish karerasidagi navbatdagi muhim bosqich bo‘lishi kutilyapti.
Joriy mavsumda Gonsalo Garsiya madridliklar safida barcha musobaqalarda 27 ta o‘yinda ishtirok etgan. Hujumchi hisobida 6 ta gol va 2 ta golli uzatma bor. Shu bilan birga, uning umumiy o‘yin vaqti taxminan 950 daqiqani tashkil etgan, bu esa maydonda kam vaqt o‘ynasa-da, samaradorligini ko‘rsatadi.
Fikrlar