"Real"ning rejalari o‘zgardi

  • 15 noyabr, 2024, 16:59
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning "Real" klubi kelasi yozda o‘z tarkibini kuchaytirishni rejalashtirmoqda. Avvalroq  "qirollik klubi" Joshua Kimmix va Jamal Musiala kabi mashhur futbolchilarni o‘z safiga qo‘shib olishi mumkinligi borasida mish-mishlar tarqalgan edi. Biroq "Los Blankos" rahbariyati bu futbolchilarni 2025 yilda sotib olishni rejalashtirmayapti.

Tecno

AS nashri o‘z sahifalarida ma’lum qilishicha. "Real"ning keyingi yil uchun rejalarida boshqa futbolchilar bor. Gap Alfonso Devis, Jonatan Ta va Trent Aleksandr-Arnold haqida ketmoqda. Shuningdek, Florian Virts ushbu ro‘yxatdan joy olgan.

Eslatib o‘tamiz, “Real” ayni damda Ispaniya chempionati turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda. Madridliklarning peshqadam "Barselona" bilan oradagi farqi 6 ochkoni tashkil qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!