
Reshford APLning boshqa klubiga o‘tishi mumkin
"Manchester Yunayted" hujumchisi Markus Reshford "Arsenal" qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.
Yozgi transferlar oynasi vaqtida 24 yoshli futbolchining PSJga o‘tishi mumkinligi borasida mish-mishlar tarqalgan edi, ammo kelishuv amalga oshmadi. "Football Insider" nashrining ma’lum qilishicha, Londonning "Arsenal" klubi vaziyatni kuzatib bormoqda va agar angliyalik "Manchester Yunayted" bilan shartnomasini uzaytirmasa, muzokara boshlashga tayyor.
Ma’lumot o‘rnida, Markus Reshfordning amaldagi shartnomasi kelasi yilning yozida tugaydi. Bitimda avtomatik ravishda bir yillik yangilash bandi bor. Agar klub futbolchi bilan yangi bitim imzolashga ulgurmay qolsa, uni faollashtirishi mumkin.
Fikrlar