Reshford: "Barsa"ga vaqtida keldim!"

  • 25.10.2025 13:51
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol

"Barselona" vingeri Markus Reshford bo‘lajak "el-klasiko" oldidan o‘z fikrlarini bildirdi.

"Bu ehtimol faoliyatim mobaynidangi eng muhim o‘yinlardan biri bo‘lar. Vaqtida "Barsa"ga keldim, deb o‘ylayman. "El-klasiko" juda mashhur o‘yin. Ispaniyaning iqlimi, madaniyati va taomlari menga juda yoqyapti. Menga bu er juda ma’qul keldi. Biz bo‘lajak o‘yinni nazorat qilishimiz va 3 ochko bilan uyga qaytishni istaymiz", - dedi angliyalik futbolchi.

Ma’lumot uchun, Ispaniya La Ligasi 10-turi doirasida "Real" - "Barselona" uchrashuvi ertaga soat 20:15 da start oladi.
 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!