Reshford Saudiya Arabistoniga ketishi mumkin

  • 29.07.2026 18:14
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Hujumchi Markus Reşford shu yozda «Manchester Yunayted»ni tark etishi mumkin.

Jurnalist Pedro Almeida ma'lumotiga ko‘ra, forvard xizmatlariga Saudiya Arabistonining «Al-Nasr» klubi jiddiy qiziqish bildirgan. Ma'lum qilinishicha, saudiyaliklar ingliz futbolchisini qo‘lga kiritish bo‘yicha faol muzokaralar olib bormoqda.

Markus Reşford «Manchester Yunayted» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Uning «qizil iblislar» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan. O‘tgan mavsumda hujumchi «Barselona» safida ijara asosida o‘ynadi. Kataloniya klubi tarkibida u barcha musobaqalar doirasida 49 ta o‘yinda maydonga tushib, 14 ta gol urdi va 14 ta golli uzatma muallifiga aylandi. Transfermarkt portali ma'lumoticha, Reşfordning bozor qiymati 40 million yevro atrofida baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!