Reshford uchun Arauxo yoki Ter Shtegen? Almashinuv bo‘ladimi?
Kataloniyaning "Barselona" va "Manchester Yunayted" klublari yozgi transfer oynasida futbolchilar almashinuvini amalga oshirishi mumkin.
Bu haqda "Teamtalk" nashri xabar bermoqda. Manba ma’lumotlariga ko‘ra, "ko‘k-anorranglilar" "qizil iblislar"ning hujumchisi Markus Reshfordni o‘z safiga qo‘shib olishga juda qiziqmoqda. Biroq, uning uchun 47 million evro to‘lashga qodir emas. Shu bois, Ispaniya chempioni mankunianliklarga o‘yinchilar almashinuvini taklif etmoqda.
MYu Reshford evaziga germaniyalik darvozabon Mark-Andre ter Shtegen, yarim himoyachi Fermin Lopes yoki himoyachi Ronald Arauxoni olishi mumkin. Ilgari matbuotda Markusning o‘zi kataloniyaliklar safiga o‘tishni xohlayotgani haqida ma’lumotlar e’lon qilingan edi.



Fikrlar