Reys ijara asosida Ispaniya klubiga o‘tadi

  • 01.08.2025 01:03
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol

"Manchester Siti"ga o‘tgan qishki transferlar oynasida Vitor Reys yangi mavsumni ijara asosida Ispaniyaning "Jirona" klubida o‘tkazadi. 

Fabritsio Romano xabar berishicha, tomonlar kelishuvga erishdi. Tez orada himoyachi shartnoma imzolash va tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun Ispaniyaga yo‘l oladi. 

Reys o‘tgan mavsumda "Manchester Siti" tarkibida 5 ta o‘yinda maydonga tushdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!