Ris Jeyms maydonga kutilgandan ertaroq qaytishi mumkin

  • 07.04.2026 12:35
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

"Chelsi" himoyachisi Ris Jeyms son qismidagi jarohatdan tiklanishni davom ettirmoqda. "Guardian" ma'lumotiga ko‘ra, jamoa sardori maydonga rejadagidan ertaroq qaytishi mumkin.

Avvalroq matbuotda 26 yoshli angliyalik futbolchi mavsumning qolgan qismini o‘tkazib yuborishi mumkinligi haqida xabarlar chiqqan edi. Ammo yangilangan ma'lumotlarga ko‘ra, uning qaytishi aprel oxiri yoki may oyi boshiga mo‘ljallanmoqda.

Joriy Angliya Premier-ligasi mavsumida Ris Jeyms 27 ta o‘yinda maydonga tushdi. U 2 ta gol urdi va 4 ta golli uzatma amalga oshirdi. Shuningdek, uning hisobida 4 ta sariq kartochka bor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!