Risharlison uchun da'vogarlar ma'lum qilindi
Bittasini tanla
Braziliyalik hujumchi Risharlison yaqin vaqt ichida «Tottenxem»dan ketishi mumkin. Bu haqida ESPN Brasil nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, futbolchiga Angliyaning ikki klubi — «Everton» va «Fulxem»dan qiziqish bor. Biroq ehtimoliy transfer oldida asosiy to‘siq sifatida Risharlisonning hozirgi maoshi tilga olinmoqda. Bu jamoalar braziliyalik forvardning «Tottenxem»da olayotgan maoshini saqlab qolishga tayyor emas.
Aynan shu vaziyatdan foydalanishni Turkiyaning yetakchi klublari — «Galatasaray» va «Trabzonspor» rejalashtirmoqda. Xabarlarga ko‘ra, ular Risharlisonga Angliya klublariga nisbatan yuqoriroq maosh taklif qilishga tayyor.
Agar turk jamoalari moliyaviy jihatdan manzur taklif bersa, bu hujumchining «Tottenxem»ni tark etib, Turkiya chempionatiga yo‘l olishiга turtki bo‘lishi mumkin.
Izohlar (0)