Rivaldo: Agar Neymar "Real"ga o‘tsa, uni xoin deb aytmayman. Chunki...
"Barselona" klubi sobiq hujumchisi Rivaldo PSJdagi hamyurti Neymarning "Real"ga o‘tishi borasida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.
“Agar Neymar “Real” futbolchisiga aylansa, men uni xoin deb aytmayman, chunki u “Barselona”dan to‘g‘ridan-to‘g‘ri “qirollik klubi”ga o‘tmayapti. Agar “Barselona” bu borada “Real”dan kamroq pul taklif qilsa, PSJ baribir uni kataloniyaliklarga sotmaydi. Chunki parijliklar pul yo‘qotishni xohlamasliklari aniq”, - deydi Rivaldo.
Fikrlar