Robben: "Bavariya" engilmas jamoa bo‘lib turibdi"

  • 25.10.2025 17:24
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

Myunxenning "Bavariya" klubi sobiq futbolchisi Aren Robben klubning joriy mavsumda ko‘rsatayotgan stabil o‘yini haqida gapirdi.

"Bavariya"da hozir ishlar a’lo darajada ketmoqda. Ayniqsa, ularning inoq bo‘lib maydonda xarakat qilishyotgani ko‘proq yoqmoqda. Ular hujumda ham himoyada ham bir jamoa bo‘lib o‘ynayotganining foydasini natijalar ko‘rsatib turibdi. Luis Dias va Maykl Olisedek yigitlar hujumlar vaqtida katta sahnaga chiqyapti. Ular raqiblari bilan birga-bir vaziyatlarda juda aqlli va samarali o‘yin namoyish etmoqda. "Bavariya" yaxshi formada bo‘lgan vaqtda har qanday raqibni mag‘lub eta olardi. Hozir ham shunday.

Myunxenliklar Chempionlar ligasida ham asosiy favoritlardan biri hisoblanadi. Lekin finalgacha hali ancha bor. Shunga qaramay, hozirda "Bavariya" deyarli engilmas jamoa bo‘lib turibdi",
- dedi niderlandiyalik sobiq futbolchi.

Ma’lumot uchun, "qizillar" Bundesligada 7 o‘yindan so‘ng 21 ochko bilan yakka peshqadam bo‘lib turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!