
Robert Uittaker: "Bu - hayotimdagi eng qiyin jang"
O‘rta vaznda sobiq UFC chempioni Robert Uittaker mag‘lubiyatsiz seriya qayd etayotgan Xamzat Chimaevga qarshi jang haqida gapirdi.
"Xamzat bahsning birinchi soniyasidanoq oldinga otilishi aniq. Shu bois bunga qattiq tayyorgarlik ko‘ryapman. Dastlabki 5-10 daqiqagacha nazoratni ushlab turishim zarur. Menimcha, bu jang hayotimdagi eng qiyini bo‘ladi", - deya avstraliyalikning so‘zlarini keltirdi "MMA Junkie".
Eslatib o‘tamiz, Robert Uittaker (26-7) va Xamzat Chimaev (13-0) jangi 26 oktyabr kuni Abu-Dabidagi "UFC 308" turnirida bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar