Robert Uittakarning keyingi raqibi Magomed Ankalaevmi?
UFC sobiq chempioni Robert Uittaker rossiyalik Magomed Ankalayevga qarshi ehtimoliy jang haqidagi mish-mishlarga izoh berdi.
"Nimadir deyish qiyin. Ikkimiz ham jangga tayyorgarlik ko‘rayotganimizni e’lon qildik. Qiziği, oktagonga chiqish muddatlarimiz bir xil. Lekin bu meni u bilan jang kutyati, degani emas. Ankalayev orqali yarim og‘ir vazn toifasiga kirishim dargumon. Bizning to‘qnashuvimiz internetda muhokama qilinayotganini ko‘ryapman. Biroq UFC meni Magomedga qarshi qo‘yishiga ishonmayman", - dedi avstraliyalik "Main Event" ga bergan intervyusida.
Avvalroq, Uittaker o‘rta vazn toifasidan yarim og‘ir vazn toifasiga ko‘tarilishi ma’lum qilgandi.
Fikrlar