Roberto Martinez O'zbekiston va Kongo haqida fikr bildirdi

  • 01.06.2026 21:36
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Portugalya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martinez 2026 yildgi Jahon chempionatida jamoasining guruhdagi raqiblari haqida fikr bildirdi.

Lissabon yaqinidagi Oeyrash shahrida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ispaniyalik mutaxassis Portugaliyaning guruhdagi raqiblaridan biri bo‘lgan Kolumbiya haqida hozircha gapirishni istamadi. U asosiy e’tiborni Kongo Demokratik Respublikasi va O‘zbekiston terma jamoalariga qaratganini ta’kidladi.

"Biz Kongo va O‘zbekistonga qarshi o‘yinlarni juda hurmat qilamiz. Shundan keyingina uchinchi uchrashuvda juda hurmatga sazovor terma jamoaga qarshi qanday o‘ynashimiz haqida o‘ylaymiz", — dedi Martinez.
Mutaxassis Kongo terma jamoasining individual mahoratini alohida e’tirof etdi.

"Jahon chempionatiga ilk bor yo‘l olgan jamoalarda o‘lchab ham, nazorat qilib ham bo‘lmaydigan omil mavjud. Bu — futbolchilarning orzusi va ishtiyoqi. Ular mundialda qatnashishni juda istashadi", — dedi portugaliyaliklar ustozi.

Martinezning ta’kidlashicha, Jahon chempionatida reytinglar yoki favorit maqomi katta ahamiyat kasb etmaydi.

"Jahon chempionatida reytinglar ham, favoritlik haqidagi gaplar ham ahamiyatini yo‘qotadi. Biz uchun mundialdagi eng muhim o‘yin — birinchi uchrashuv", — deya qo‘shimcha qildi murabbiy.

Ma’lumot uchun, Portugaliya terma jamoasi Jahon chempionatidagi ishtirokini 17 iyun kuni AQShning Xyuston shahrida Kongo Demokratik Respublikasiga qarshi bahs bilan boshlaydi. Shundan so‘ng ular O‘zbekistonga qarshi maydonga tushadi, guruh bosqichini esa 28 iyun kuni Mayamida Kolumbiyaga qarshi o‘yin bilan yakunlaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!