Rodri "Barsa"ga Madriddan futbolchi tanladi
Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Rodri jamoadoshi Aleks Baenaga «Barselona»ga o‘tishni taklif qilayotganini aytilmoqda. Hujumkor yarim himoyachi hozirda «Atletiko» sharafini himoya qiladi.
El Nacional nashri o‘z manbasiga tayanib xabar berishicha, Rodri Baena haqida juda yuqori fikrda bo‘lib, uni yuqori darajadagi futbolchi sifatida baholaydi.
«Oltin to‘p – 2024» sovrini sohibi deb e’tirof etilgan yarim himoyachi allaqachon Aleksni «Kamp Nou»ga ko‘chib o‘tishga ko‘ndirish ustida ish boshlagani aytiladi. Shu bilan birga, bu transferni amalga oshirish oson bo‘lmasligi ta’kidlanmoqda, chunki «Atletiko» o‘yinchini qo‘yib yuborishga rozi bo‘lmasligi mumkin.
Manbalarga ko‘ra, «Barselona» Baena nomzodini avval ham ko‘rib chiqqan — u o‘shanda «Vilyarreal» tarkibida to‘p surgan edi.
25 yoshli Aleks Baena qiymati nufuzli Transfermarkt portali mutaxassislari tomonidan 40 million yevro atrofida baholanmoqda.

Fikrlar