Rodri oʻziga boshqa jamoa tanladi

  • 26.05.2026 08:34
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Manchester Siti” tayanch yarim himoyachisi Rodri faoliyatini “Real”da davom ettirishga tayyor. Bu haqida Marca nashri xabar bermoqda.

Manba ma'lumotiga koʻra, bosh murabbiy Xosep Gvardiola “Siti”ni tark etishi mumkinligi haqidagi xabarlardan keyin 29 yoshli yarim himoyachi uchun Ispaniyaga qaytish varianti yana dolzarb boʻlib qoldi.

2024 yildagi “Oltin toʻp” sohibining doimo oʻylagan yagona yoʻnalishi ham shu boʻlgan.

Ta'kidlanishicha, “Real” rahbariyati agar qulay sharoit yuzaga kelsa, transfer amalga oshishi mumkin, deb hisoblamoqda. Klub Rodrining yetakchilik fazilatlari, taktik sezgirligi, muvozanatni saqlay olishi va oʻyinni nazorat qilish qobiliyatini uzoq vaqtdan beri qadrlab keladi. Futbolchining oʻzi ham Madrid klubida oʻynashni istamoqda.

Shuningdek, Ispaniya terma jamoasi futbolchisini, uning shartnomasi yana bir yil amal qilishini hisobga olganda, sotib olish oson boʻlmasligi ta'kidlangan. Biroq hal qiluvchi omil Rodrining oʻz istagi boʻlishi mumkin.

Joriy mavsumda Rodri barcha musobaqalarda 33 ta oʻyinda qatnashib, ikki ta gol urdi. Transfermarkt portali ma'lumotiga koʻra, futbolchining bozor qiymati 65 million evroni tashkil qiladi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!