Rodri Ronalduning "Oltin to‘p" haqidagi fikrlariga javob qaytardi

  • 02.01.2025 16:15
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

Rodri Krishtianu Ronalduning "Oltin to‘p" haqidagi fikrlariga izoh berdi. 

"Manchester Siti" yarim himoyachisi o‘tgan mavsum yakunlariga ko‘ra, "France Football" talqiniga ko‘ra, mavsumning eng yaxshi futbolchisi sovrinini qo‘lga kiritgandi. 

- Krishtianu Ronalduning "Oltin to‘p" haqidagi fikrlari haqida nima deya olasiz? U sizni emas, Vinisiusni ushbu mukofotga loyiq ekanini aytgandi

- Rostini aytsam, bu ajablanarli. Sababi, ushbu mukofot qanday ishlashini va g‘olib qanday aniqlanishini u hammadan yaxshiroq biladi. 

- Ovoz berishda qatnashgan jurnalistlar ushbu sovrinni olishim kerak, degan qarorga keldi. 

- Aynan o‘sha jurnalistlar qachondir unga ovoz berishgan bo‘lsa kerak, menimcha. Ronaldu o‘shanda ulardan rozi bo‘lgan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!