
Rodrigo ketadigan bo‘lyapti!
“Real Madrid” jamoasi hujumchisi Rodrigo Londoning “Arsenal" klubiga o‘tishi mumkin.
"AS" nashrining xabariga ko‘ra, futbolchi klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati yakunlanguncha londinliklar bilan har qanday aloqani to‘xtatishni so‘ragan, u bor e’tiborini turnirga qaratgan.
Shu bois, transfer avgustgacha amalga oshmaydi. Turnirdan so‘ng hujumchi “Real” bosh murabbiyi Xabi Alonso bilan gaplashadi va murabbiy braziliyalik futbolchiga undan foydalanish niyati yo‘qligini aytsa, Rodrigo boshqa jamoaga o‘tadi. Agar vinger barbir jamoani tark etishga qaror qilsa, "to‘pchilar” uni sotib olish uchun katta mablag‘ sarflashga tayyor.
Ma’lumot uchun, 24 yoshli hujumchi bu mavsum “qaymoqranglilar” safida jami 53 ta o‘yinda maydonga tushib, 14 ta gol kiritdi va 11 ta golli uzatma amalga oshirdi.
Fikrlar