
Rojer Federer "US Open"dagi ishtirokini davom ettiradi
Shveytsariyalik tennischi Rojer Federer Nyu-York shahrida o‘tayotgan "US Open" turnirining uchinchi davrasiga muvaffaqiyatli o‘tib oldi.
Rojer musobaqaning ikkinchi davrasida bosniyalik Damir Jumxurni 3:6, 6:2, 6:3, 6:4 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Shu tariqa Amerika ochiq chempionatining uchinchi bosqichiga yo‘l olgan Federer, endi frantsiyalik Lyuka Puy, yoki britaniyalik Den Evans bilan kuch sinashadigan bo‘ldi.
Fikrlar