"Rolan Garros"da Marin Chilich ilk raqibini engdi

  • 27 may, 2019, 01:23
  • 0
  • Tennis
CHERY AUTO
Parij shahrida "Katta dubulg‘a" turkumiga kiruvchi Frantsiya ochiq chempionatining erkaklar o‘rtasidagi bahslarida ilk davra uchrashuvlari o‘tkazilmoqda.
 
"Rolan Garros" deb nom olgan mazkur turnirda xorvatiyalik Marin Chilich ilk raqibi italiyalik Tomas Fabbianoni 6:3, 7:5, 6:1 hisobda mag‘lub etdi. 

Shu tariqa musobaqaning ikkinchi davrasiga yo‘l olgan Chilich, endi bolgariyalik Grigor Dimitrov, yoki serbiyalik Yanko Tipsarevichni sinovdan o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!