"Roland Garros". Amaldagi chempion o‘z yurishini boshladi, kuchli to‘rtlik vakili musobaqa bilan xayrlashdi
"Katta dubulg‘a" turkumiga kiruvchi navbatdagi musobaqa hisoblanadigan "Roland Garros" turnirida Rafael Nadal ham kurashga qo‘shildi.
2-tartib raqamda tasniflangan ispaniyalik turnirning birinchi bosqichida belaruslik Egor Gerasimovni 3 setda taslim etdi. Dastlabki ikki setni bir xil 6:4 hisobida o‘z foydasiga hal qilgan Nadal uchinchisini 6:2 ko‘rinishida yutib oldi.
Bundan tashqari, sobiq chempiondan keyingi o‘rinlarda tasniflangan raketka ustalari ham bahslarga kirishdi. Jumladan, avstriyalik Dominik Tim nisbatan tajribali Marin Chilich bilan munosabatlarga oydinlik kiritdi. Tim bu bahs taqdirini kutilganidan osonroq hal qildi. Yakuniy hisob: 6:4, 6:3, 6:3.
Shuningdek, 4-raqam ostida saralangan rus tennischisi Daniil Medvedev ham kutilmaganda jiddiy qarshilikka uchradi. Vengriyalik raqibi Marton Fuchovich bilan haqiqiy jangga kirishgan Medvedev yakunda sensatsion tarzda musobaqani tark etdi. Umumiy hisob: 6:4, 7:6, 2:6, 6:1.
Fikrlar