“Roma” futbolchisi faoliyatini Frantsiya chempionatida davom ettirishi mumkin

  • 04.08.2022 12:00
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol

“Roma”ning frantsiyalik yarim himoyachisi Jordan Veretu yozda vataniga qaytishi mumkin. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasi orqali ma’lum qildi.

Insayder xabariga ko‘ra, "Marsel" 29 yoshli futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qilmoqda. “Olimpiyachilar” rimliklar bilan ushbu transfer bo‘yicha muzokaralarga boshlagan.

Eslatib o‘tamiz, Jordan "Roma" safiga 2019 yilda kelib qo‘shilgandi. Uning "bo‘rilar" bilan shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar amal qiladi. Uning transfer narxi 17 million evroni tashkil qiladi.

Veretu o‘tgan mavsum A Seriya doirasidagi 36 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol va 8 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!