“Roma” futbolchisi faoliyatini Frantsiya chempionatida davom ettirishi mumkin

  • 23.07.2022 16:39
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol

“Roma” yarim himoyachisi Jordan Veretu faoliyatini Frantsiya chempionatida davom ettirishi mumkin.

Jurnalist Nikolo Skira xabariga ko‘ra, "Marsel" "bo‘rilar" futbolchisini o‘z safiga qo‘shib olishni istamoqda.

Manbaga ko‘ra, rimliklar futbolchini sotishga qarshi emas. Faqat poytaxt klubi 29 yoshli frantsiyalik o‘rniga yangi yarim himoyachi sotib olishi kerak bo‘ladi. Agar, klub unga o‘rinbosar topsa, transfer amalga oshadi.

O‘tgan mavsumda Veretu "Roma"ning barcha turnirlar doirasidagi 49 o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 4 ta gol va 10 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ygan. “Transfermarkt” portali futbolchining narxini 17 million evroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!