"Roma" Shomurodov o‘rniga Braziliyadan hujumchi olib kelishi mumkin

  • 20 iyun, 22:45
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabarlarga ko‘ra, "Roma" Braziliya chempionatida to‘p surayotgan hujumchiga qiziqish bildirmoqda.

Tecno

So‘nggi mish-mishlarga ko‘ra, "Roma" klubining diqqat markazida "Korintians" hujumchisi Yuri Alberto turibdi. Diario AS nashrining yozishicha, "Roma" uzoq vaqtdan beri 24 yoshli futbolchini kuzatib kelmoqda.

Biroq, Albertoga rimliklardan tashqari boshqa klublar ham qiziqmoqda. Jumladan, "Atletiko Madrid" va "Everton" ham kurashga qo‘shilgan. Madrid klubi hujumchini o‘z safiga qo‘shib olishda da’vogar bo‘lib turibdi.

Ayni paytda "Korintians" klubi Alberto uchun 20 million evro talab qilmoqda. Futbolchi joriy yil ichida 10 ta o‘yinda 5 ta gol urgan va 1 ta assist qilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rim klubi safida to‘p surayotgan legionerimiz Eldor Shomurodov faoliyatini boshqa klubda davom ettirishga yaqinligini xabar qilgan edik. Terma jamoamiz sardorini Turkiyaning "Istanbul Bashakshehir" klubi sotib olishga yaqin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!