"Roma" va "Inter" sobiq futbolchisi basketbolchilik faoliyatini boshladi

  • 09.11.2024 15:29
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol

"Roma" va "Inter"ning sobiq futbolchisi Adem Lyaich 33 yoshida basketbolchilik faoliyatini boshladi. U Serbiya Superligasining klubida to‘p tepishda ham davom etadi.

Yarim himoyachi Serbiyaning Novi Pazar shahrida tug‘ilgan va hozirda xuddi shu nomdagi klubda o‘ynaydi.

Bir necha kun avval futbolchi klub rahbariyatiga basketbolchilik faoliyatini boshlash niyatida ekanini ma’lum qildi.

Serbiya OAV ma’lumotlariga ko‘ra, Lyaich Serbiya mintaqaviy ligasining g‘arbiy zonasida o‘ynaydigan mahalliy "Novi Pazar 1969 " basketbol jamoasiga qo‘shildi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!