
“Roma”dan noxush xabar!
Joze Mourino keyingi paytda Eldor Shomurodovni o‘ynatmayotgan bo‘lsa-d, bir necha yosh o‘yinchilarni katta futbolda o‘rin topishiga yordam berayotgani bor gap. Xususan, Feliks Afena-Gyan, Kristian Volpato, Nikola Zalevski, Ebrima Darbo, Edoardo Bove, Dmitrios Keramitsis singari 200 yildan keyin tug‘ilgan yosh o‘yinchilar aynan portugaliyalik murabbiy tashabbusi bilan asosiy tarkibga ko‘shildi.
Mourino yoqtirgan yoshlardan biri Nikola Zalevski A Seriyaning 28-turida “Atlanta”ga qarshi bahsda yaxshi harakat qildi. Biroq ikkinchi bo‘lim o‘rtalarida shikastlangani bois Matian Vinaga almashtirildi.
Tibbiyot xodimlari 20 yoshli futbolchini qo‘shimcha tibbiy ko‘rikdan o‘tkazib, Joze Mourinoga uning to‘pig‘idan jarohat olgani haqidagi noxush xabarni ma’lum qilishdi.
Endi Zalevski jarohatini to‘liq davolab, safga qaytishi uchun bir necha kun kerak bo‘ladi.
Abraxam rekord o‘rnatishda davom etmoqda
“Atalanta” darvozasini ishg‘ol qilib, rimliklarga g‘alaba keltirgan Temmi Abaxam kuchli beshlik chempionatlaridagi angliyalik futbolchilar orasida birinchi bo‘lib, 20 ta to‘p kiritdi.
Bu gol bilan qo‘shib hisoblagan Abraxam milliy chempionatda o‘n uchta, Konferentsiyalar Ligasida oltita va Italiya kubogida bitta gol muallifi bo‘lgan.
Temmi Abraxam to‘purarlik bo‘yicha “Tottenxem” yulduzi Harri Keynni ortda qoldirdi. Tajribali hujumchi hisobida barcha turnirlarda kiritilgan 18 ta gol bor.
Harri Keyn Angliya terma jamoasining asosiy hujumchisi hisoblanadi. Abraxam esa “Roma”dagi samarali o‘yinlari tufayli yana bosh jamoaga qaytarildi.
“Milan” rimliklar o‘yinchisini olib qolishga qaror qildi
“Roma”dan “Milan”ga ijaraga berilgan Adessandro Florentsi mavsum yakunlanishi bilan doimiy raqishda milanliklar o‘yinchisiga aylanishi mumkin.
Joze Mourinoga Italiya terma jamoasi futbolchisi kerak emas. Shu bois, 30 yoshli himoyachi “Milan”da ijarada yuribdi. Milanliklar uning o‘yinidan qoniqmoqda va yozda transfer huquqini to‘liq sotib olishni rejalashtiryapti.
La Gazzetta dello Sport nashrining xabar berishicha, “Milan” rahbariyati yozda o‘ziro kelishuvda belgilangan 4,5 million evroni to‘lash oqali Florentsini o‘z futbolchisiga aylantirishga qaror qilgan.
Rim klubi tarbiyalanuvchisi “Milan”da o‘ng qanotdan tashqari, yarim himoyada ham o‘ynayotgan jamoa rahbariyati va murabbiylar shtabiga ma’qul kelgan. Joriy mavsumda Florentsi jami 24 marotaba maydonga tushib, o‘z hisobiga bitta gol ham yozdirib qo‘ydi.
Mourino yosh o‘yinchiga ishonch bildiradi
“Roma”dagi debyuti omadli chiqqan Kristian Volpato murabbiylar ishonchini oqladi, deb xabar bermoqda Italiyaning Corriere dello Sport nashri.
Volpato “Roma”ning “”Verona”ga qarshi o‘tkazilgan drammatik uchrashuvida gol urib, o‘yin qahramonlaridan bo‘lgandi. Shundan so‘ng uning agentlari ham yarim himoyachiga yaxshilangan shartnoma undirish harakatiga tushib qoldi.
Ma’lumotlarga qaraganda, Mourinoga 18 yoshli futbolchining o‘yini juda ma’qul kelgan.
Volpato Avstraliyada tug‘ilgan va futbolning dastlabki sir-asrorlarini “West Sydney” klubida o‘rgangan. 2020 yili “Roma” safiga qo‘shilgan va asosan yoshlar jamoasida o‘ynab kelayotgan edi. Asosiy tarkibda ikki marta maydonga tushdi va gol urdi.
Yoshlar chempionatida 19 ta bahsda qatnashib, o‘z hisobiga ettita gol va to‘rtta assist yozdirib qo‘ygan.
Fikrlar