Romano: Amrabat "Manchester Yunayted" futbolchisi

  • 01.09.2023 17:55
  • Suhrob Xolbekov
  • 1
  • Futbol

"Fiorentina" vakili Sofyan Amrabat faoliyatini "Manchester Yunayted"da davom ettiradi. Tomomonlar kelishuvga erishdi, deya xabar bermoqda insayder Fabritsio Romano. 

Ma’lum bo‘lishicha, yarim himoyachi 25 million evroga sotib olish sharti bilan bir mavsumga ijara asosida MYuda o‘ynaydi. Uning ijarasi uchun "qizil iblislar" 10 million evro to‘laydi. 

Amrabatni o‘z tarkibiga qo‘shib olmoqchi bo‘lgan klublar etarlicha edi. "Barsa", "Al-Hilol", "Napoli" kabi jamoalar unga qiziqish bildirdi. "Fulxem" ham so‘nggi kunlarda yarim himoyachini ilib ketishga harakat qildi. Ammo Amrabat "Manchester Yunayted"ni tanladi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
merik
01/09/2023 22:44
Zor transfer