Ronaldу bizga qarshi o‘ynamasin!
Ispanlar Ronaldudan cho‘chiyapti
Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronalduni haqida fikr bildirdi.
Ispaniya jahon chempionati 1/8 finali doirasida Portugaliya terma jamoasi bilan kuch sinashadi.
- Men hech qachon Ronalduga bo‘lgan hurmatimni yashirmaganman. Uning xarakterini, yuksak maqsad qo‘ya olishi va doim o‘z ustida ishlashga intilganini juda qadrlayman.
Krishtianu allaqachon yaratgan ulkan merosi bilan cheklanib qolmayapti, yanada ko‘proq yutuqlarga erishishni istaydi.
Maydonda uni bir soniyaga ham nazardan qochirish mumkin emas. Xavfli zonada bir onlik e’tiborsizlik ham o‘yin taqdirini hal qilib qo‘yishi mumkin.
Rostini aytsam, uning o‘ynamaganini afzal ko‘rar edim, ammo o‘ylaymanki, u maydonga tushadi, – deya ta’kidladi ispanlar ustozi matbuot anjumanida 41 yoshli forvard haqida gapirar ekan.
Krishtianu Ronaldu JCh-2026 musobaqasida to‘rt uchrashuvda uchta gol urdi.
Izohlar (0)