Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

Ronald: Guruhdagi hamma o‘yinlarni yutish kerak

Ali Ahmadxo’jayev
Izohlar: 0

Krishtianu Ronaldу 2026 yilgi jahon chempionatida Portugaliya guruhdagi uch o‘yinni yutib, birinchi o‘rinni olishni maqsad qilganini aytdi.

Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu jahon chempionati — 2026da milliy jamoa qanday ishtirok etishi borasidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Portugaliya musobaqani "K" guruhidan boshlaydi. Ushbu guruhda jamoa O‘zbekiston, Kolumbiya va DR Kongo terma jamoalariga qarshi maydonga tushadi.

"Eng muhimi — musobaqani yaxshi boshlash. Birinchi, ikkinchi va uchinchi o‘yinlarni yutish kerak. Shunda guruhda birinchi o‘rinni egalab, ishonchimiz yanada ortadi. Men juda ham ijobiy kayfiyatdaman. O‘ylaymanki, biz juda kuchli turnir o‘tkazamiz", — deya Ronalduning so‘zlarini X ijtimoiy tarmog‘ida Actu Foot nashri keltiradi.

Jahon chempionati — 2026 musobaqasi 11 iyundan 19 iyulga qadar AQSh, Meksika va Kanadada o‘tkaziladi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q