Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

Ronaldу Jеzush bilan mojaroni hal qildi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Yulduzlar bilan ishlash qiyin

Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Jorje Jezush va jamoa sardori Krishtianu Ronalduning oʻrtasida kelib chiqqan nizo bartaraf etildi. Bu haqida A Bola nashri xabar bermoqda.

Avvalroq tarqalgan maʼlumotlarga koʻra, Ronalduning Millatlar ligasi guruh bosqichi ikkinchi turida Norvegiyaga qarshi oʻyinda maydonga tushirilmaganidan norozi boʻlgan. Safarda oʻtgan ushbu bahsda portugaliklar 2:1 hisobida gʻalaba qozondi, ammo Krishtianu butun oʻyin davomida zahirada qoldi. Holbuki, uchrashuv oldidan Jezush unga kamida 30 daqiqa oʻyin amaliyoti berishni rejalashtirgani aytilgan edi.

Keyinchalik Ronaldo terma jamoaning umumiy mashgʻulotiga chiqmagan va oʻzi mustaqil shugʻullanishni maʼqul koʻrgan.

Manbalarga koʻra, vaziyat jiddiy tus olgach, 1 oktyabr kuni Daniya poytaxti Kopenhagenda oʻtadigan navbatdagi Millatlar ligasi uchrashuvi oldidan Portugaliya futbol federatsiyasi prezidenti Pedru Proensa jamoa joylashgan shaharga shoshilinch ravishda yoʻl olgan. Shu bilan birga, nashr suhbatdoshlarining taʼkidlashicha, uning bevosita aralashuvi kerak boʻlmagan — Ronaldo va Jezush oʻzaro muloqot orqali mojaroni mustaqil ravishda hal qilgan.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q