Ronaldу to‘yiga Messini taklif qildi
Messi ziyofatga kelarmikin?
8 avgust, shanba kuni portugalialik yulduz futbolchi Krishtianu Ronald uzoq yillardan beri birga bo‘lib kelayotgan sevgilisi Jorjina Rodriges bilan nikoh tantanasini o‘tkazadi. To‘y marosimi «An-Nasr» klubi hujumchisining ona yurti — Madeyrada bo‘lib o‘tadi.
Jurnalist Esegbona Luis o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida yozishicha, to‘yga argentinalik mashhur hujumchi Lionel Messi ham taklif etilgan.
Avvalroq ommaviy axborot vositalarida tarqalgan ma’lumotlarga ko‘ra, marosimda UFC yulduzlari Konor Makgregor va Habib Nurmagomedov, shuningdek, Zinedin Zidan, Karim Benzema va Neymar ham ishtirok etishi kutilmoqda.
Ma’lumki, Ronald va Jorjina Rodriges o‘n yildan beri birga hayot kechirib kelmoqda. Portugaliyalik mashhur futbolchi sevgilisiga rasmiy turmush qurish taklifini esa faqat bir yil oldin bergan edi.
Izohlar (0)