Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Ronaldу yangi bayonot berdi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Krishtianu gol urolmadi

Saudiya Arabistonining «An-Nasr» jamoasi yetakchi hujumchisi Krishtianu Ronaldu «Al-Xalij»ga qarshi o‘yindan so‘ng ijtimoiy tarmoqlarda yangi xabar qoldirdi. 

Saudiya chempionati yettinchi turidagi bellashuv 1:1 hisobida durang bilan yakunlandi.

«Biz olga intilishda davom etamiz. Birgalikda», — deya yozdi 41 yoshli to‘purar o‘z sahifasida.

Joriy mavsumda Saudiya Arabistoni chempionati doirasida Ronaldu olti o‘yinda maydonga tushib, uchta gol urdi.

Portugaliyalik futbolchining «An-Nasr» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil o‘rtalarigacha mo‘ljallangan. Mutaxassislar Ronalduning bozor qiymatini o‘n million yevro atrofida baholamoqda.

Hozirgi vaqtda «Al-Nasr» jamoasi 16 ochko jamg‘argan holda turnir jadvalida uchinchi o‘rinni egallab turibdi.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q