Ronald 15 yil deganda to‘xtadi

  • 31.12.2025 09:14
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Biroq portugaliyalik futbolchi 2009 yildan beri ilk bor kalendar yili davomida birorta ham xet-trik rasmiylashtira olmadi.

Portugaliya terma jamoasi va Saudiya Arabistonining “An-Nasr” klubi 40 yoshli hujumchisi va sardori Krishtianu Ronaldu 2025 kalendar yilini klub va milliy terma jamoa safida urilgan 41 ta gol bilan yakunladi.

Bu haqida Sporx nashri X ijtimoiy tarmog‘ida xabar berdi.

Ronaldu 2025 yilning oxirgi uchrashuvini Saudiya Arabistoni chempionatining 12-turida “Al-Ittifoq” jamoasiga qarshi o‘tkazib, o‘z goli bilan jamoasining durangiga hissa qo‘shdi.

Professional faoliyatidagi umumiy gollari sonini 957 taga yetkazib olgan portugaliyalik yulduz joriy mavsumda chempionatda 13 ta gol urgan holda jamoadoshi Joau Feliks bilan birga to‘purarlar poygasida peshqadamlik qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!