Ronaldu: Ahmoqlar futbolni tushunmay, aql o‘rgatadi!
Portugaliya terma jamoasi sardori Krishtianu Ronaldu Portugaliyadagi sportga ixtisoslashgan podkast ishtirokchilarining tanqidlariga javob qaytardi.
Blogerlar podkast davomida 25 yoshida Evropadan ketib, Ronaldu o‘ynayotgan “An-Nasr”ga ko‘chib o‘tgan Joau Feliksning tanlovini tanqid ostiga olgan edi. Ishtirokchilardan biri Feliksning “An-Nasr”ga o‘tganini sharmandalik, deb atagan.
- Ahmoqlar, futbolni umuman tushunmaydi, lekin aql o‘rgatadi, - deb yozdi Krishtianu Ronaldu ushbu podkastga qoldirgan izohida.
Joau Feliks yozgi transferlar davrida “Chelsi”dan “An-Nasr”ga ko‘chib o‘tdi. Bu transferda Krishtianu Ronaldu hal qiluvchi rolni o‘ynagani aytilmoqda.
“An-Nasr”ga kelganidan beri barcha turnirlarda beshta uchrashuv o‘tkazgan Joau Feliks raqiblar darvozasini to‘rt bor ishg‘ol qildi. Portugaliyalik futbolchining riyodliklar bilan tuzgan shartnomasi 2027 yilning yarmigacha davom etishi belgilangan.
Fikrlar