
Ronaldu "An-Nasr"ga terma jamoadoshini olib kelish arafasida
"Chelsi" klubi hujumkor yarim himoyachisi Joau Feliks faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishi mumkin.
Sky Sports xabariga ko‘ra, Krishtianu Ronaldu to‘p surayotgan "An-Nasr" klubi "Chelsi" bilan bitim tuzishga yaqin turibdi.
25 yoshli Feliksning transferi Saudiya klubiga 44 million evroga tushishi aytilmoqda. Avvalroq, Joau sobiq klubi "Benfika"ga qaytishga rozi bo‘lgani xabar qilingandi.
O‘tgan mavsumning ikkinchi qismida portugaliyalik futbolchi "Milan"da ijara asosida to‘p surgandi. U APLda 12 ta o‘yinda maydonga tushib bitta gol va 1 ta assist qilishga muvvofaq bo‘lgan, Italiya A Seriyasida 15 ta uchrashuvda 2 ta gol va bitta assist amalga oshirgan.
Fikrlar