Ronaldу chempionlikdan keyin nima dedi?

  • 22.05.2026 08:25
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“An-Nasr” toʻpurari Krishtianu Ronaldu jamoasining Saudiya Arabistoni chempionatidagi gʻalabasiga munosabat bildirdi.

Portugaliyalik yulduz oʻzi va jamoasining katta yutugʻini bir soʻz bilan “Chempionlar!” – deb izohladi.

Shu bilan birga, futbolchi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga yozilgan ushbu postga oʻz rasmlarini ilova qildi.

Krishtianu Ronaldu 2023 yildan beri “An-Nasr” sharafini himoya qilib kelmoqda. 41 yoshli futbolchi Saudiyadagi ilk sovrini ancha kutdi.

Jahon futbolida eng koʻp gol urgan futbolchi ekaniga qaramay, Ronaldu riyodliklar tarkibida 14 ta finalni boy berib, sovrinlardan quruq qolgan edi. Nihoyat, u maqsadiga yetib, arablar jamoasida birinchi yutugʻini nishonladi.

“An-Nasr” esa, olti yillik tanaffusdan keyin yana Saudiya Arabistoni chempionligiga sazovor boʻldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!