Ronaldu: "Hozirgi damdan zavqlanyapman"
Portugaliya terma jamoasi va "An-Nasr" klubi sardori Krishtianu Ronaldu jurnalistlarning Amerika qit’asidagi mundial so‘nggisi bo‘ladimi, degan savoliga javob berdi.
"Bo‘lg‘usi Jahon chempionati men uchun oxirgisi bo‘ladimi yoki yo‘q, aniq ayta olmayman. Balki shunday ham bo‘lar. Sababi, 41 yoshga to‘laman. Avval aytganimdek, ayni damda futboldan zavqlanyapman. Qachonki, o‘z o‘yinimdan ko‘nglim to‘lmasagina faoliyatimni tugatish haqida o‘ylayman", - dedi portugaliyalik forvard.
Eslatib o‘tamiz, Ronaldu ilk bor 2006 yilda Germaniya yashil maydonlarida bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida ishtiroq etgandi.
Fikrlar