Ronaldu mashg‘ulotlarga qaytdi

  • 6 avgust, 2024, 15:02
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Krishtianu Ronalduning ta’tili tugadi va sportchi mashg‘ulotlarga qaytdi. "An-Nasr" jamoasi ispaniyalik murabbiy Luis Kastro boshchiligida Ispaniyaning Marbelya shahrida yig‘in o‘tkazmoqda.

"Men o‘z joyimga qaytdim", - deb yozdi Ronaldu ijtimoiy tarmoqlarda. Krishtianu 2023 yil boshidan beri Saudiya Arabistoni chempionatida o‘ynamoqda. Shu vaqt ichida portugaliyalik hujumchi 64ta o‘yin o‘tkazib, 58ta gol urdi va o‘n beshta golli uzatmani amalga oshirdi.

Bungacha u "Sporting", "Yuventus", "Manchester Yunayted", "Real" va "Yuventus" kabi klublarida to‘p surishga muvaffaq bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!