Ronaldu Messidan uzoqlashdi

  • 13 oktabr, 2024, 17:21
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

UEFA Millatlar ligasi musobaqasi doirasida Portugaliya terma jamoasi Polsha maydonida o‘tkazilgan bahsda 3:1 hisobida zafar quchdi.

Tecno

G‘olib jamoa gollaridan biriga mualliflik qilgan Krishtianu Ronaldu o‘zining yana ikkita rekordni yangilab qo‘ydi.

2003 yildan beri Portugaliya terma jamoasi safida faoliyat olib borayotgan 39 yoshli futbolchi xalqaro miqyosda 215-uchrashuvini o‘tkazdi. Hali biror futbolchi o‘z yurti terma jamoasida bu qadar ko‘p o‘yin o‘tkazmagan.

Asosiysi esa, Ronaldu xalqaro miqyosdagi 133-golini urdi. Bu ham mutlaq rekord hisoblanadi. Krishtianu terma jamoada ko‘p gol urish bo‘yicha ikkinchi o‘rinda turgan asosiy raqobatchisi Lionel Messidan yana bir qadam uzoqlashdi.

Argentinalik yulduz hisobida xalqaro miqyosda urilgan 109 ta gol bor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!