Ronaldу qarorini birdan oʻzgartirdi

  • 14.02.2026 11:07
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Jahon futbolida eng ko‘p gol urgan Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistoni Professional ligasining 22-tur uchrashuvida “Al-Fateh” klubi bilan bo‘ladigan o‘yinda ishtirok etish uchun jamoaga qo‘shildi.

Bu haqida jurnalist Fabrizio Romano X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida xabar berdi.

Bundan oldin portugaliyalik yulduz “An-Nasr”ning uchta uchrashuvida qatnashmagan edi. Boykot tufayli u chempionatdagi ikkita va Osiyo Chempionlar ligasidagi bitta o‘yinni o‘tkazib yuborgan.

Ronaldu “An-Nasr” safida maydonga tushishdan bosh tortish orqali  Saudiya Arabistoni  Suveren jamg‘armasi (PIF) rahbariyatining ayrim mahalliy klublarga nisbatan siyosatiga norozilik sifatida boykot e’lon qilgan. Shuningdek, u jamoaning ayrim xodimlariga maoshlar kechiktirilayotganiga ham shu yo‘l bilan norozilik bildirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!