Ronaldу Saudiya Arabistonini tark etdi!
Portugaliya terma jamoasi yetakchisi Krishtianu Ronaldu "An-Nasr" jamoasining oʻyini va mashgʻulotini oʻtkazib yubordi. Bunga klub rahbariyati bilan yuzaga kelgan ziddiyat sabab boʻlgani aytilmoqda.
Manbalarga koʻra, portugaliyalik futbolchi "An-Nasr" boshqaruvi investitsiya fondi tomonidan raqib klublarga, xususan «Al-Hilol»ga nisbatan boshqacha siyosat olib borilayotganidan norozi. Ronaldu bunday yondashuv jamoasining chempionlik uchun toʻliq kurash olib borishiga halaqit berayotganini taʼkidlamoqda.
Avvalroq u faqat jamoa mashgʻulotini oʻtkazib yuborgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Biroq vaziyat kutilganidan ham jiddiyroq ekani maʼlum boʻldi. X ijtimoiy tarmogʻidagi JK4 akkaunti maʼlumotiga koʻra, hujumchi nafaqat mashgʻulotda qatnashmagan, balki Saudiya Arabistoni hududini tark etib, Portugaliyaga yoʻl olgan.
Fikrlar