
Ronaldu Saudiyada hali rasmiy sovrin yutgani yo‘q
Xabaringiz bor kuni kecha "An-Nasr" klubi Saudiya Arabistoni Qirol kubogidan ham chiqib ketdi.
Krishtianu Ronaldu etakchiligidagi jamoa turnirning 1/8 finalida "Al-Tavon"ga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi va musobaqadagi ishtirokini to‘xtatdi.
Portugaliyalik superyulduz jamoaga 2022-yilning so‘ngi kunida qo‘shilgan bo‘lsa, shu vaqt davomida hali biror marotaba ham rasmiy sovrin qo‘lga kirita olmadi. Forvard qariyb 2 yil mobaynida o‘z klubi bilan mahalliy chempionat, Qirol kubogi, mamlakat liga kubogi, superkubok va Osiyo Chempionlar ligasi kabi turnirlarda o‘ynagan bo‘lsa-da, biror marotaba ham chempionlikni qo‘lga kirita olmadi.
Ronaldu transfer qilinganidan buyon "An-Nasr" faqatgina bitta norasmiy sovrin hisoblangan "Arab chempionlari klublari kubogi"ni qo‘lga kirita oldi xolos.
Fikrlar