Ronaldu Serxio Ramosga ish topib berdi

  • 18 iyun, 2024, 11:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Ispaniya chempionati vakili “Sevilya” kuni kecha tajribali himoyachi Serxio Ramos klubni tark etgani haqida rasmiy ma’lumot chiqardi.

38 yoshi futbolchi uzoq vaqt ishsiz qolmaydigan bo‘ldi. Krishtianu Ronaldu “Real”da o‘zi bilan birga to‘p tepgan ispan futbolchisini “An-Nasr”ga kelishini istayapti.

Yaqinda “An-Nasr” klubida sport direktori vazifasiga tayinlangan “Real”ning sobiq futbolchisi Fernando Yerro ham Serxio Ramosni Saudiya Arabistoniga ko‘chirib kelishga bel bog‘lagan.

AS nashrining ma’lum qilishicha, saudiyaliklar mashhur yulduzga ko‘p millionli shartnoma taklif qilmoqda.

Manbaga ko‘ra, Ramos oldida Turkiya va AQShda bo‘layotgan jiddiy chorlovlar ham bor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!