
Ronaldu shogirdiga superklub tanlab berdi
40 yoshli Krishtianu Ronaldu o‘zi yoqtirgan yosh o‘yinchilarga jamoa tanlash bo‘yicha maslahat beradigan darajaga etganini yana bir karra namoyish qildi.
“An-Nasr” futbolchisi Portugaliya terma jamoasidagi sherigi Fransishku Trinkauga Lissabonning “Sporting” klubidan “Manchester Yunayted”ga o‘tishni maslahat berdi.
25 yoshli Trinkauning “top-5” ligalarini zabt etish bo‘yicha birinchi urinishi muvaffaqiyatli chiqmagan. “Braga” tarbiyalanuvchisini “Barselona” 2020 yili yoo‘da qariyb 31 million evroga sotib olgan edi.
Fransishku kataloniyaliklar ishonchini oqlamadi. Keyinchalik ispan grandi uni “Vulverxempton” va “Sporting”ga ijaraga jo‘natdi. 2023 yili “Barsa” mutasaddilari Fransishkuni “Sporting”ga 7 million evroga qo‘yib yubordi.
Endi bu o‘yinchi yana katta sahnaga chiqishga tayyor. Ronaldu bu futbolchiga Rubesh Amorim yaxshi tanishi, manchesterliklar safida Diogu Dalot va Brunu Fernandesh kabi portugaliyaliklar o‘ynayotshanini inobatga olib, to‘g‘ri Manchesterga borishni tavsiya qildi.
Fikrlar