Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

Ronaldu “soqqa” qilishga usta ekan

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

"Boylar" ro‘yxati chiqdi

Forbes jurnali 2024 yilda eng ko‘p pul ishlab torayotgan sportchilar reytingini tuzib chiqdi.

Evropa futbolini tark etganiga qaramay, Krishtianu Ronaldu mablag‘ topishda hamon peshqadamlik qilmoqda. “An-Nasr” futbolchisi yiliga 260 million dollar kirim qilyapti.

Forbes reytingining kuchli o‘nligi quyidagicha ko‘rinish hosil qildi:

  1. Krishtianu Ronaldu (futbol, 39 yosh), $ 260 mln;
  2. Jon Ram (golf, 29 yosh), $ 218 mln;
  3. Lionel Messi (futbol, 36 yosh), $ 135 mln;
  4. Lebron Jeyms (basketbol, 39 yosh), $ 128,2 mln;
  5. Yannis Adetokunbo (basketbol, 29 yosh), $ 111 mln;
  6. Kilian Mbappe (futbol, 25 yosh), $ 110 mln;
  7. Neymar (futbol, 32 yosh), $ 108 mln;
  8. Karim Benzema (futbol, 36 yosh), $ 106 mln;
  9. Stefen Karri (basketbol, 36 yosh), $ 102 mln;
  10. Lamar Jekson (amerikacha futbol, 27 yosh), $ 100,5 mln.

Jahon sporti tarixida Forbes reytingining kuchli o‘nligiga kirgan sportchilarning har biri yillik 100 million dollardan oshiq daromad qildi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q